Mustaqillikning ilk yillaridanoq mamlakat mudofaasini kuchaytirish masalasi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan O‘zbekistonda – Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 1991 yil 6 sentyabrdayoq Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmon imzolanib, “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi” degan tamoyil ilgari surilgan edi. Shunday ekan, bugun bu mislsiz ulug‘vor qadam mamlakat qalqonlari bo‘lmish harbiylar tomonidan ham, ularga munosib voris bo‘lib yetishib kelayotgan yosh Vatan himoyachilari tomonidan ham ehtirom bilan yodga olinadi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Kuni kecha majmuaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari tomonidan ham bu haqiqat yana bir bor e’tirof etildi. Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyatiga daxldor turli san’at asarlari – kartinalar, portretlar, fotolar va haykaltaroshlik namunalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Xuddi shunday hayrat va qiziqishni “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali xodimlarining yuz-ko‘zlariga qarab ham ilg‘ash mumkin edi. Ular vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlangan – ichki ishlar organlari xodimlarining 2025 yil davomida tashrif buyurishlari lozim bo‘lgan “Ma’naviyat marshruti” loyihasi doirasida majmua mehmoni bo‘lishdi.
F.Qurbonboyev va T.Qurbonboyev fotosuratlari