ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

“O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov elektron arxivi ma'lumotlar bazasi” va “Oqsaroy qarorgohi bo‘ylab virtual videosayohat” taqdimoti


29.01.2020

2020 yil 29 yanvar' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida “Birinchi Prezident Islom Karimovning elektron arxivi ma'lumotlar bazasi” va “Oqsaroy qarorgohi bo‘ylab virtual videosayohat” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbari, professor T.Sh.Shirinov kirish so‘zida, ushbu elektron arxiv nafaqat, Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida, balki, butun o‘zbek xalqining istiqlolga erishgan ilk davrlarda boshidan kechirgan voqealarni qamrab olgani, ayniqsa, mamlakatimizning birinchi rahbari tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar va mazkur islohotlarning amalda o‘z o‘rnini topgani, bularning barchasi buyuk tarixiy voqega aylanganini ta'kidladi.

Tadbirda Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqalari T.A.Karimova o‘zining qutlovida ushbu loyihaning amalga oshishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning  “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xotira haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotganini ta'kidladi. Shuningdek, bunday taqdimotlarning afzalligi xususida so‘zlab, bu elektron arxivdagi ma'lumotlarda Islom Karimovning yurt, davlat uchun amalga oshirgan ishlari muhrlangani, bu g‘oyalarning tarixiy ahamiyati katta ekanini aytdi.

Taqdimot ishida respublikaning yetakchi olimlari, jamoat arboblari, kutubxona va muzey ishlari bo‘yicha mutaxassislar, ommaviy axbarot vositalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.