ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

UYGʼOQ XOTIRАLАR


05.04.2021

UYGʼOQ XOTIRАLАR

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov singari yurt rahbari yuz yilda bir dunyoga keladi. U kishi oʼta samimiy, xalqparvar, oddiy odamlar qalbiga kirib bora oladigan zot edilar. Bu insonning qadamjoylarini ziyorat etish shaxsan men uchun sharaf.

Oqsaroy bogʼi boʼylab yurarkanman, oʼzimni buyuk davlat arbobi, oʼzbek millatining haqiqiy farzandi Islom Karimov bilan yonma-yon yurgandek his qildim. Koʼrgazmadagi asarlarda yurt ozodligi uchun kurashgan, oʼta murakkab vaziyatlarda oqilona toʼxtamga kelgan, xalqi uchun qaygʼurgan jiddiy va oʼychan shaxs gavdalangan. Mazkur asarlar hayot bilan uyqash, Islom Karimov siymosi millat xotirasida ham xuddi mana shunday abadul-abad qolgan...

Men oʼzim uchun u kishining yana bir qirrasini kashf etdim. Nabiralar davrasidagi Islom Karimovning baxtiyorligidan yurtboshimiz haqiqiy oilaparvar inson boʼlganligini his etdim.

 

Suyun Egamov, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, № 23 maktab oʼqituvchisi.