ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

“TEMURIYLAR MAKTABI” O‘QUVCHILARI – MAJMUA MEHMONI


15.04.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Amir Temur oyligi” doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Shu kunlarda Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi o‘quvchilari majmua mehmoni bo‘lishdi. O‘zi mudom Birinchi Prezident xotirasi – mamlakat qalqonlari bo‘lmish harbiylar tomonidan ham, ularga munosib voris bo‘lib etishib kelayotgan yosh Vatan himoyachilari tomonidan ham yuksak ehtirom bilan yodga olinadi.

Bu gal ham shunday bo‘ldi: milliy davlatchiligimiz asoschisi bo‘lmish buyuk Temurning avlodlari nomi ostida faoliyat yurituvchi harbiy ta’lim muassasining talabalari – zamonaviy O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi hayoti va faoliyati bilan bog‘liq “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasini g‘oyat qiziqish bilan ko‘zdan kechirishdi. Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga oid turli san’at asarlari – kartinalar, portretlar, fotolar, peyzaj va haykaltaroshlik namunalari bo‘lajak yosh harbiy yigit-qizlarda g‘oyat katta taasurot qoldirdi.

Darvoqe, shu kunlarda Ko‘rgazmalar zaliga tashrif buyurayotgan mehmonlar – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan, Birinchi Prezidentning buyuk ajdodimiz xotirasini abadiylashtirish borasidagi zalvorli ishlariga bag‘ishlangan maxsus fotoekspozisiyani ham qiziqish bilan ko‘zdan kechirishmoqda.

T.Qurbonboev fotosuratlari