O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana - 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etdi.