ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

SAMARQANDDA ISLOM KARIMOV XOTIRASI YOD ETILDI


04.09.2026

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni munosabati bilan u tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Viloyat va shahar hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov maqbarasida marhumning ruhiga Qur’on tilovat qildilar.
Shuningdek, Samarqand shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, uning davlat mustaqilligi va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ko‘p yillik siyosiy faoliyati yodga olindi.
Xotira tadbirlarida Islom Karimovning hayoti va faoliyati, uning davlat va xalq oldidagi xizmatlari haqida fikrlar bildirildi.