Samarqandda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastlab viloyat faollari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ildi. Islom Karimov qabri ziyorat qilindi, yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirilib, qurʼon tilovat qilindi.
Shundan so‘ng viloyat va shahar hokimliklari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.