ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Rossiyalik mehmonlar Yodgorlik majmuasida


23.10.2018

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi hamda, O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur anjumanlarda Rossiya Federatsiyasining rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari, bir qator oblastlarning gubernatorlari, 80 dan ziyod oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari ishtirok etdilar.

Rossiyalik mehmonlarning ko‘pchiligi Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Oltoy o‘lkasi gubernatori Viktor Tomenko, Sverdlov oblasti gubernatori Yevgeniy Kuyvashev, Rostov oblasti gubernatori Vasiliy Golubev, Sankt-Peterburg shahri gubernatorining maxsus vakili Anatoliy Kotov, RosAgroMarket - Xolding boshqaruvi raisi Aleksey Vanchugov, Rossiya Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati Rossiya Akademiyasi rektori Vladimir Mau, Mariy davlat universiteti rektori Mixail Shvetsov, Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi-Rossiya davlat agrar universiteti rektori Valeriya Chayka, Belgorod universiteti rektori Sergey Glagolev, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova va boshqalar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Samimiy tilaklar bildirilgan dastxatlar, faxriy mehmonlar kitobi sahifalaridan o‘rin egalladi.