ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

MOSKVADA O‘ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI HAYKALI POYIGA GUL QO‘YILDI


03.09.2026

 

MOSKVA, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Rossiya poytaxtida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida uning haykali poyiga gullar qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Islom Karimov nomidagi maydonga O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlari, shuningdek, elchixonada amaliyot o‘tayotgan talabalar tashrif buyurdilar.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasini yod etdilar hamda mamlakatimizning tarixiy merosiga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.