ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Moskvada Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi


31.01.2023

 

image

30 yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan Moskva shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda elchixona xabar berdi.

Marosimda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va o‘zbek diplomatlari ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Moskvadagi Islom Karimov haykali 2018 yil 18 oktyabr kuni ochilgan. Yodgorlik shaharning Islom Karimov nomidagi maydoniga o‘rnatilgan.

Bugun, 30 yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida hukumat a’zolari, Oliy Majlis palatalari vakillari va Prezident Administratsiyasi a’zolari Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

Samarqandda esa viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.