ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Kasaba uyushmalari xodimlari Yodgorlik majmuasida


03.08.2018

O‘zbekiston neft-gaz va geologiya kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarmoq tasarrufidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari 2 avgust kuni Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

 

Yurtimizning turli hududlaridan Toshkentga malaka oshirish uchun kelgan tashkilot xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning haykali poyiga gullar qo‘ydilar.

 

Mehmonlar «Oqsaroy» qarorgohi hududida joylashgan «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini tomosha qildilar. Bu yerda Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va samimiy muloqot chog‘ida kasaba uyushmalari xodimlariga ko‘rgazma ekspozitsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan katalog taqdim etildi.

 

Mehmonlar Tatyana Karimovaga qimmatli sovg‘a uchun alohida minnatdorlik bildirib, faxriy mehmonlar kitobiga esdalik dastxati yozib qoldirdilar.

 

 


***
Unutilmas lahzalar

Marg‘ilon shahridagi 1-son bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun esa, Tayana Karimova bilan ko‘rgazmadagi uchrashuv tasodifiy, kutilmagan va quvonchli voqea bo‘ldi. “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasini tomosha qilgan marg‘ilonlik mehmonlar Birinchi Prezidentimizning rafiqasi bilan esdalik uchun suratga tushib samimiy suhbat qurdilar. Tatyana Akbarovna tomonidan sovg‘alar-xotira kitobi, “Meros va hozirgi zamon” jurnali hamda ko‘rgazma ekspozitsiyasi to‘g‘risidagi yangi katalog topshirildi.

 

Eslatib o‘tish joiz, “MY 5”-Mening yurtim kanali tomonidan suratga olinayotgan filmda mazkur bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etmoqda. Shu sabab bilan Toshkentga kelgan film qahramonlari uchun Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasiga tashrif bir umrga unutilmas voqea bo‘ldi.