ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Istiqlol fidoyisi – tarix sahifalarida


26.01.2021

Joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot – kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon nomidagi kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kunini nishonlash xaftaligi doirasida tashkil etilgan “Istiqlol fidoiyisi – tarix sahifalarida” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi raxbari T.Shirinov, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori H.Karimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Zikrilla Ne’mat, Davron Rajab, Dilshod Rajab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati To‘lqin Eshbeklar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqilligimizga erishish uchun olib borgan ulkan siyosiy va ijtimoiy xarakatlarini yana bir bor yodga oldilar.

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar