ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Isroil davlatining Xolona Texnologik instituti delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi


06.04.2018

6 aprel kuni Isroil davlatining Xolona Texnologik instituti delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Institut Innovatsion markazi rahbari Yakov Damatov, ilmiy fakultet lektori Maykl Kiper va magistratura bo‘limi boshlig‘i Boris Lembrikov O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik doirasida mamlakatimizga ishchi safari bilan kelgan.

Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, Birinchi Prezidentimizning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishdi.

Faxriy mehmonlar kitobida yozib qoldirilgan dastxatda mehmonlarning taassurotlari quyidagicha bayon etilgan:

«O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurish men uchun faxrlidir.

Islom Karimov mening xotiramda hamda ayni paytda Isroilda istiqomat qilayotgan mening hamyurtlarim, O‘zbekistonlik muhojirlar xotirasida bir umr saqlanib qoladi.

Bu buyuk insonning ohirati obod bo‘lsin.

Doktor Yakov Damatov»

«Buyuk yo‘lboshchi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasiga qadam ranjida qilish men uchun sharaflidir.

Islom Karimov rahbarligida O‘zbekiston erishgan yutuklar alohida etrofga loyiq.

Buyuk O‘zbek xalqiga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Boris Lembrikov»