ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Islom Karimovning rahbarlik faoliyati haqida yangi kitob nashrdan chiqdi


19.04.2018

Islom Karimovning rahbarlikka oid ta’limoti nomli kitob buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘z hayoti va faoliyatini mamlakatimiz mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlashga, yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadlarga baxshida etgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatan va xalq taqdiri borasida bezovta va bedor qalbi, yurak harorati, keng tafakkuri, mustahkam iroda va e’tiqodiga tayanilgan davlat va jamiyat boshqaruvining turli pog‘ona va sohalarida halol va sadoqat bilan o‘z xalqiga xizmat qilishga undovchi rahbarlik ta’limoti asosida tayyorlangan.

Bugun O‘zbekistonning dunyodagi o‘rnini yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. Buning uchun albatta samarali boshqaruv ilmi zarur. Ma’lumki, boshqaruv ilmi juda katta hayotiy tajribani talab etadi. Buyuk Yo‘lboshchi Islom Karimov rahbarning adolatli bo‘lishini Sohibqiron Amir Temur kabi davlat arboblariga izdosh bo‘lish deb bilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, general-leytenant Baxodir Matlyubov va IIV akademiyasi dotsenti, polkovnik Sharif Qobilov hammuallifligida tayyorlangan mazkur kitob barcha ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, vazirliklar, hokimliklar, katta va kichik rahbarlar tarkibi hamda boshqaruv sohasiga qiziqqan keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan.

***

 

 

 

 

Islom Karimov – buyuk davlat va jamoat arbobi to‘plamidan O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasida 2018 yil 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Islom Karimov – buyuk davlat va jamoat arbobi” mavzuidagi ilmiy va madaniy-ma’rifiy anjumanda tinglangan ma’ruzalar, mustaqil davlatimiz asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ko‘p yillik serqirra faoliyati haqidagi yorqin xotiralar, ilmiy fikr-mulohazalar o‘rin olgan.

Shuningdek ushbu to‘plam keng kitobxonlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan.