2 sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yig‘ildi.
Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligini e’lon qilgan va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqqan yetakchidir.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qo‘ydi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘zA