ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Islom Karimov – taraqqiyotning “o‘zbek modeli


12.02.2018

2018 yil 10 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Islom Karimov – taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti mazkur tadbir tashkilotchilari bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan olimlar, mutaxassislar, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov nomini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyatini ta’kidlab o‘tishdi.

Islom Karimov tomonidan davlat va jamiyatni rivojlantirish “o‘zbek modeli” mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini, xalqimiz davlatchiligi tarixini, milliy-diniy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgani qayd etildi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi ahamiyati, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish mashhur beshta tamoyilga tayangan ushbu model bozor iqtisodiyotga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida istiqlol yillarida barcha amaliy ishlarning ishonchli poydevori, taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchiga aylandi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasini 2017 – 2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston xalqi farovonligi va davlatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash yo‘lida yangi taraqqiyot bosqichida respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga “Mustaqillik me’mori” nomli hujjatli film namoyish etildi.