ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi tashrif buyurdi


22.02.2018

22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi tashrif buyurdi.

Mehmon mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi va «Butun olamni jo etgan yurak» nomli badiiy ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi, faxrli mehmonlar kitobiga samimiy tilaklar bildirilgan dastxatini yozib qoldirdi.

Janob Nobuaki Ito mamlakatimizda diplomatik faoliyatini 2016 yili boshlagan. U Islom Karimov bilan shaxsan tanishish sharafiga muyassar bo‘lmagani tufayli ham mazkur ko‘rgazmani alohida qiziqish bilan tomosha qildi.

Ko‘rgazma menda chuqur taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Oqsaroy» qarorgohidagi muzeyi ochilishini sabrsizlik bilan kutaman. Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishmoqchiman, dedi Yaponiya elchisi.