Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 87 yoshga kirgan bo‘lar edi.
Uning rafiqasi Tatyana Karimova har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud kuni arafasida Samarqandning Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi an’anaga aylangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda Islom Karimovning davlat va xalq oldidagi buyuk xizmatlariga munosib tarzda ulug‘vor maqbara bunyod etilgan bo‘lib, u Qur’on oyatlari va suralari bilan bezatilgan.
29 yanvar kuni Tatyana Akbarovna yaqinlari hamrohligida Birinchi Prezident qabrini ziyorat qildi. Ziyorat chog‘ida Qur’oni Karimdan suralar o‘qilib, qabr poyiga qirmizi atirgullar qo‘yildi.
Tatyana Akbarovna Registon maydoni yonida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga ham guldasta qo‘ydi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Shuningdek, Samarqandda xotira marosimlari ham o‘tkazildi. Ehson dasturxoni ustida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, mehmonlar Islom Karimovning atoqli davlat arbobi, o‘zbek xalqining fidoyi farzandi sifatida mamlakatimiz shakllanishi va rivojlanishidagi beqiyos xizmatlari to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
![]() |
![]() |