4 iyun kuni Yodgorlik majmuasiga (FIDE) Xalqaro shaxmat federatsiyasi Prezidenti Kirsan Ilyumjinov tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Faxriy mehmonlar kitobiga quyidagi dastxat bitildi:
«Есть у истории один непререкаемый закон-
Кто предан Родине своей, в борьбе не будет побежден.
С глубоким уважением Первому Президенту Узбекистана,
Исламу Каримову, выдающемуся государственному лидеру!».
Islom Karimov mohirlik bilan shaxmat surishi barobarida, sportning mazkur turini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan va natijada, jahon chempioni Rustam Qosimjonov, jahon shaxmat tarixida eng yosh Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kabi yoshlarimiz o‘zbek shaxmat maktabini dunyoga tanitdi.
Islom Karimovning xizmatlari xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Birinchi Prezidentimiz 2015 yilda Osiyo shaxmat federatsiyasining «Yil odami» nominatsiyasida Asian Chess Excellence Awards («Shaxmatdagi ustunlik uchun Osiyo mukofoti)ga sazovor bo‘lgandi.
Kirsan Ilyumjinov yurtimizga O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining yangi raisini saylash bo‘yicha hisobot-saylov konferensiyasida ishtirok etish uchun kelgan.
Anjumanda shu yil Batumi (Gruziya) shahrida bo‘lib o‘tadigan saylovda, FIDEning yangi Prezidentligiga Kirsan Ilyumjinov nomzodini, O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi qaror qabul qilindi.95 yildan beri FIDEni boshqarib kelayotgan Ilyumjinov, mazkur xalqaro tashkilot Prezidenti lavozimiga yetti marta saylangan.