O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondonligida Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasi kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi vakillari ham taklif etildilar.
Dastavval mehmonlar Chegara qo‘shinlari muzeyidagi boy eksponatlar bilan tanishishdi. U yerda namoyishga qo‘yilgan, mustaqillikning ilk yillaridagi chegara qo‘shinlari tarixini aks ettiruvchi noyob foto- va videomateriallar, hujjatlar va artefaktlar Yodgorlik majmuasi xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Aytish kerakki, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni, Xavfsizlik kengashi raisi Islom Karimov faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma muzeyning alohida bo‘lmasidan joy olgan.
Shundan so‘ng Qo‘mondonlik klubida, harbiy xizmatchilar ishtirokida, ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida so‘zga chiqqanlar Mustaqillikning ilk yillaridagi zalvorli kunlar, mamlakatimiz Qurolli kuchlariga asos solinishi bilan bog‘liq xotiralarni yodga olishdi. Bu xotiralar markazida esa – tabiiyki, mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom bo‘ldi.
Xotira kuniga bag‘ishlangan videofilm namoyishi hamda Chegara qo‘shinlari ansamblining chiqishlari – tadbirga o‘zgacha tantanavor ruh, jo‘shqin vatanparvarlik kayfiyatini ulashdi. Mehmonlarga Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |