Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy majmua tomonidan nashr etiladigan “Meros va hozirgi zamon” (“Naslediye i sovremennost”, “Heritage and modernity”) axborot byulletenining – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35-yilligiga bag‘ishlangan yangi soni bosmadan chiqdi.
Majmua Vasiylik kengashi a’zosi, Birinchi Prezident rafiqasi Tatyana Karimova hamda tashkilot rahbari, tarix fanlari doktori Temur Shirinovlarning mualliflik maqolalari bilan boshlangan byulletenda – Istiqlolning o‘tgan 35-yilida yurtimizda amalga oshirilgan asrga tatigulik ishlar, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq samimiy xotira va esdaliklar, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, qolaversa, majmua faoliyatida sodir bo‘lgan yirik va salmoqli voqealarga keng o‘rin berilgan.
Jumladan, Tatyana Karimovaning “O‘zbekiston mustaqilligi 35 yoshda” maqolasida shunday fikrlar bor: “O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, tom ma’noda yo‘q joydan mustaqil davlat qurdi. O‘zi ko‘p bor ta’kidlaganidek, u o‘sha kezlari millati uchun hamma narsani qurbon qilishga tayyor edi. Yosh mustaqil davlat tarixining Islom Karimov yetakchiligidagi dastlabki chorak asrlik davri – bugungi kunda qurilayotgan Yangi O‘zbekiston uchun poydevor vazifasini o‘tadi”.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Majmua rahbari Temur Shirinovning “Millat taqdirini o‘zgartirgan sana” nomli maqolasidagi ushbu mulohazalar esa yuqorida zikr etilgan fikrlarning go‘yo mantiqiy davomidek yangraydi: “Agar, Islom Karimovning o‘zbek xalqi oldida qilgan xizmatlariga tarixiy baho berish lozim bo‘lsa, aynan shu, millatimiz taqdirini o‘zgartirib yuborgan 1-sentyabr – Mustaqillik kuni zalvori bilan o‘lchanmog‘i lozim. Yana, buyuk shaxslarga tarixiy bahoni avvalambor buyuk shaxslar, daholar va donishmandlar berishadi”.
Nashrning an’anaviy “Yodi hamisha yodda” ruknida – Islom Karimovning ilk matbuot kotibi Irismat Abduxoliqovning “Mo‘’jizalar mamlakatida uch kun”, yuridik fanlar nomzodi Anvar Erkaxo‘jayevning “Perviy Prezident – perviy “Geroy Uzbekistana”, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, haykaltarosh Ilhom Jabborovning “Tasviriy san’atda tarixiy siymo”, san’atshunoslik fanlari doktori Akbar Hakimovning “Rol Islama Karimova v formirovanii nasionalnoy sistemi xudojestvennogo iskusstva”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidovning “Shohimardon fojiasi” nomli xotiralari o‘rin olgan.
“Talqin va tadqiqotlar” rukni orqali esa olimlar – tarix fanlari doktorlari Oybek Abdimo‘minov, Saodat Davlatova, yuridik fanlar doktori Ravshan Hakimov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hamro Rahmonovlarning – tarix, huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari borasidagi ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha maqolalariga keng o‘rin berilgan.
Axborot byulletenining “Majmua hayotidan lahzalar” bo‘limidagi maqolalar orqali esa, odatdagidek, ilmiy-ma’rifiy majmuaning o‘tgan – 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan keng qamrovli faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muxtasar aytganda, avval hech qayerda chop etilmagan fotoarxivdan keng foydalanilgan, qolaversa, mualliflarning samimiy va eksklyuziv xotiralari o‘rin olgan mazkur nashrni mutoala qilgan mushtariy – Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuaning faol tus olgan kundalik hayoti haqida to‘liq va obyektiv tasavvurga ega bo‘lishi shubhasiz.
T.Qurbonboyev fotosuratlari
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)