Аsli mukarram qilib yaratilgan inson doimo hurmat-ehtiromga loyiqdir. Аyniqsa, butun umrini yurt ravnaqiga bagʼishlagan, millat mustaqilligi uchun kurashgan, poydevori metin davlatni barpo etgan zotlar milliy tariximizda sanoqli. Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ana shunday zotlardan biridir. Shu kunlarda Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi «Butun olamni jo qilgan yurak» koʼrgazmasi yurtdoshlarimiz uchun moʼʼtabar bir maskanga aylangan.