ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yodgorlik majmuasiga bir guruh ijtimoiy tarmoq vakillari- jurnalistlar, blogerlar tashrif buyurdilar


30.07.2018

27 iyul kuni Yodgorlik majmuasiga bir guruh ijtimoiy tarmoq vakillari- jurnalistlar, blogerlar tashrif buyurdilar.

 

«UzINFOKOM» xodimi, «Pisma o Tashkente» saytining asoschisi Yevgeniy Sklyarevskiy, «Kore Saram» saytining asoschisi, Toshkentdagi Koreya milliy markazi faoli Vladislav Xan, «Kultura.uz» internet jurnali asoschisi, jurnalist Boris Boboyev, «Sputnik.Ru» axborot agentligi xodimi Rahimjon Sultonov, o‘lkashunos, publitsist Vladimir Fetisov, «Shagayu po Tashkentu» guruhi asoschisi va rahbari, fotosuratchi Fotima Abdurahmonova va boshqalar majmua hududini ko‘zdan kechirib, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Mehmonlarga Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimovaning dastxati bitilgan «Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi taqdim etildi. Bu kutilmagan sovg‘a mehmonlarni quvontirdi.

 

Faxriy mehmonlar kitobiga yozib qoldirilgan dastxatlarda bloger-jurnalistlar samimiy tilaklar qatorida Tatyana Akbarovna hamda Yodgorlik majmuasi xodimlariga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

«Oqsaroy» qarorgohi ostonasidan boshlab, haykal atrofidagi gulzor, soya-salqin xiyobonlar, ko‘rgazma zallari-yu xodimlarning yuz-ko‘zida Islom Karimov xotirasiga hurmat, mehr va sadoqatni his etish mumkin. Birinchi Prezident shunday munosabatga loyiq o‘ta kamtar va dono inson bo‘lgan ekan. Majmuaga tashrifimiz davomida biz bunga yana bir bor amin bo‘ldik. Tatyana Akbarovnaga kitob uchun alohida rahmat».