O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan e’lon qilingan “Amir Temur oyligi” doirasidagi tadbirlardan biri – Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya xuddi shu mavzuga bag’ishlandi. Tadbirda temurshunos olimlar, tadqiqotchilar, davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro diplomatik korpus vakillari, harbiy attashelar, mamlakatimiz kuch tuzilmalarining rahbarlari ishtirok etdi.
Buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning harbiy san’at, davlat boshqaruvi, qo‘shinni tashkil etish, intizom va Vatan himoyasi borasidagi qarashlarini o‘rganishga bag’ishlangan xalqaro anjumanda Sohibqiron tomonidan shakllantirilgan harbiy tafakkur, strategik yondashuv va boshqaruv tamoyillari nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Tadbir doirasida buyuk bobomizning jahon harbiy san’ati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, milliy davlatchilik va harbiy an’analarimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida mulohazalar bildirildi.
Konferensiya ishida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi etakchi ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Manushak Arushanova “Amir Temur haykallarini yaratishdagi uch xil yondashuv” mavzusida ma’ruza qildi.
Anjumanda, shuningdek, “Amir Temurning jang strategiyasi”, “Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy, madaniy va harbiy-siyosiy vaziyat”, “Amir Temurning qal’alarni egallash mahorati” kabi o‘nlab mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.







