9 aprel kuni Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga Rossiya Federatsiyasining sud ijrochilari Federal xizmati rahbari Dmitriy Aristov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasini hurmat bilan yodga oldilar.
Delegatsiya a’zolari «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasini tomosha qilib, faxriy mehmonlar kitobida esdalik dastxatini yozib qoldirdilar.
Rossiya Federatsiyasining sud ijrochilari Federatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlik masalalarini muhokama etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan.