1997 yil.
22 sentyabr. Prezident Islom Karimov Iqtisodiy hamkorlik boʼyicha Oʼzbekiston — Yaponiya va Yaponiya — Oʼzbekiston qoʼmitalarining anʼanaviy qoʼshma majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiya delegatsiyasi aʼzolarining bir guruhini qabul qildi. Muloqot chogʼida iqtisodiy hamkorlik boʼyicha Oʼzbekiston — Yaponiya va Yaponiya — Oʼzbekiston qoʼmitalari samarali faoliyat koʼrsatayotgani, mamlakatlarimiz oʼrtasidagi iqtisodiy hamkorlik oʼzining yangi bosqichiga qadam qoʼygani qayd etildi.
* * *
23 sentyabr. Oʼzbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda oʼtayotgan YeXHT parlament assambleyasi kengaytirilgan byurosining majlisi va «Markaziy Osiyo va Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalar» seminari qatnashchilariga tabrik yoʼlladi.
* * *
23 sentyabr. Prezident Islom Karimov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) parlament assambleyasi prezidenti Xavьer Ruperez, (EXHT) Parlament Аssambleyasi Bosh kotibi Spenser Oliver hamda YeXHTning Toshkentdagi hududiy byurosi rahbari Gancho Ganchevni qabul qildi.
* * *
23 sentyabr. Prezident Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining raisi Gennadiy Seleznevni qabul qildi. Mehmon Rossiya Davlat Dumasi deputatlarining Oʼzbekistonga munosabati haqida gapirib, ularning koʼpchiligi mamlakatimiz bilan teng huquqli asosda hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini taʼkidladi.
* * *
23 sentyabr. Prezident Islom Karimov Qirgʼiziston Joʼgʼorqu Keneshi Xalq vakillari yigʼilishining Toʼragʼasi Аlmanbet Matubraimovni qabul qildi. Mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Yurtboshimizning Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonini jadallashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi xizmatlariga yuqori baho berdi. Suhbat chogʼida ikki mamlakat parlamentlari oʼrtasidagi aloqalarni faollashtirish bilan bogʼliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
* * *
24 sentyabr. Prezident Islom Karimov elchilik vakolati muddatining tugashi munosabati bilan Аmerika Qoʼshma Shtatlarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Stenli Eskuderoni qabul qildi. АQSh elchisi Oʼzbekiston — Аmerika munosabatlarini mustahkamlash ishiga hissa qoʼshganidan gʼoyat mamnun ekanini bildirib, Oʼzbekistonda diplomatik missiyasini bajargan yillar hayotining eng ajoyib damlari boʼlib qolajagini hamda yurtimizdan yaxshi taassurotlar bilan qaytayotganini maʼlum qildi.