ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

SANALARGA MUHRLANGAN TARIX


18.07.2021

1995 yil.

19 iyul. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

* * *

19 iyul. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov Buyuk Britaniyaning «Yunimed» mustaqil axborot gazetasi muxbirlari Taiza Bosk va Edrian Bennokni qabul qildi va ularni qiziqgirgan savollarga javob qaytardi.

 

* * *

20 iyul. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov «Bekobod shahrining 50 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

 

* * *

22 iyul. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov davlatga g‘alla sotish shartnoma rejasini bajargan Toshkent va Jizzax viloyatlari g‘allakorlariga va barcha mehnatkashlariga tabrik yo‘lladi.

 

* * *

24 iyul. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov GFR davlat vaziri, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shefer Xelmutni qabul qildi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbol- lari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

* * *

24 iyul. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov Gretsiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kiriakos Rodusakisdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi.

 

* * *

25 iyul. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov Tunis Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tnani Ridani elchilik faoliyati tugashi munosabati bilan qabul qildi.

 

* * *

25 iyul. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov «1995 yilda paxta yig‘im-terimi mavsumini o‘tkazishning tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.