2017 yil 27 oktyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ga a’zo mamlakatlar Oliy sudlari raislarining 25 oktyabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi yig‘ilishining ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Gulchambarlar qo‘yish marosimida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va ShHT kotibiyatining vakillari ishtirok etdi.