23 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezident Islom Karimov xotira haftaligi doirasida “Oʼzbekiston. Mustaqillik. Islom Karimov” deb nomlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Davra suhbatini majmua rahbari Temur Shirinov ochar ekan, Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy davlatchiligimizga qoʼshgan hissasi, xususan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishida Islom Karimovning qatʼiyati katta rolь oʼynaganini taʼkidlab oʼtdi.
Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning mustaqillikka erishishdagi ulkan tarixiy xizmatlari, davlat qurish va uni mahorat bilan boshqarishdagi yuksak salohiyati xususida soʼz bordi. Shuningdek, Islom Karimovning shaxsiy jasorati, kuchli irodasi va qatʼiyati bilan Oʼzbekiston xalqi turli xil “siyosiy oʼyin”lardan saqlab qolingani va buning tarixiy ahamiyati haqida ham atroflicha fikrlar bildirildi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida oʼchmas iz qoldirgani, nafaqat Oʼzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʼ-eʼtiborga sazovor boʼlgan ulkan shaxs, davlat va siyosat arbobi sifatida tanilganini taʼkidlashdi. Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz oʼzining Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yuksak maʼnaviyatli yangi jamiyat barpo etish, oʼzbek nomini, Oʼzbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulugʼ maqsadga bagʼishladi. Xalqimiz mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan oʼzgarishlarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz nomi bilan bogʼlaydi.
DavrasuhbatidaIslomKarimovfaoliyatigaoidhujjatli film namoyishetildi.
Davra suhbatida respublikaning yetuk olimlari, jamoat arboblari –Yodgorlik majmuasi rahbari, professor T.Shirinov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor S.M.Turobjonov, Yodgorlik majmuasi yetakchi ilmiy xodimi G.А.Kraynov, Oʼzbekiston Qurolli Kuchlar muzeyi direktori, polkovnik M.Nuriddinov, “Sogʼlom avlod uchun” xayriya jamoat fondi rahbari S.T.Inamova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi mudiri t.f.n. Sh.Ergashev, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” boʼlimi rahbari oʼrinbosari falsafa doktori (PhD) O.Аbdumuminov, Yodgorlik majmuasi bosh ilmiy xodimi t.f.n., dotsent B.Pasilov va boshqalar ishtirok etdilar.