ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Martabali mehmonlar Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi


06.04.2018

Shu haftada Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi Prezidenti Vagit Alekperov Islom Karimov Yodgorlik Majmuasiga tashrif buyurdi hamda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gullar quyib, buyuk inson xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Alekperov bilan Islom Karimov o‘rtasidagi samimiy va do‘stona munosabatlar tufayli, uchrashuv va muzokaralar ikkala tomon uchun ham amaliy jihatdan samarali kechgan.

Bu esa, o‘z navbatida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligida ijobiy omillardan biri bo‘lgan.

Ayni paytda O‘zbekiston bilan «Lukoyl» kompaniyasi o‘rtasidagi aloqalar muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Vagit Alekperov mamlakatimizga navbatdagi ishchi safari bilan tashrif buyurgan edi.