ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

«Baxtiyorlar diyori» ko‘rik-tanlovi


20.09.2018

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab, «Farzandlarimiz bizdan kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart» shiori ostida Kasb-hunar ta’limi muassasalari va akademik litseylar o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

 

To‘rt bosqichda o‘tkazilgan tanlovning yakuniy-Respublika bosqichi 18-sentabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda yuqori natijalarga erishgan Samarqand temir yo‘l transport kasb-hunar kolleji, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi, Olmaliq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, Toshkent shahar pedagogika kollejining vakillari o‘zaro bellashdilar.

 

Ishtirokchilar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini o‘zlari yashayotgan hududlar, tahsil olayotgan ta’lim muassasalari misolida ko‘rsatib berdilar.

O‘zbekistonni madh etuvchi, Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini targ‘ib qiluvchi, yoshlarni fidokorlikka undovchi ijodiy chiqishlarini san’at turlari yordamida namoyish etdilar.

Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi talabalari tanlov g‘olibi deb topildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga Islom Karimov Fondi tomonidan «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitoblari taqdim etildi.