ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Kanadaning Toronto shahrida Islom Karimovning tavallud kuni nishonlandi.


31.01.2024

Kanadadagi uzbeklar jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Islom Karimovning benazir merosiga nisbatan chuqur hurmat ruhida o‘tkazilgan tadbirda, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan atoqli davlat arbobi, xalqaro maydonda e’tirof qozongan siyosatchining hayoti va faoliyatiga munosib baho berildi.

Mazkur voqea xorijdagi vatandoshlarimizni yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi bilan bog‘lab turgan rishtalar naqadar mustahkamligini namoyish etdi. Bu esa, kanadalik o‘zbeklar o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganidan dalolatdir.

 

 

Kanada

2024-01-28