ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

ISLOM KARIMOVNI MOSKVADA XOTIRLASHDI


04.09.2025

Rossiya poytaxtidagi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Elchi Botirjon Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligining Moskvadagi vakolatxonasi jamoasi Islom Karimov maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasini e’zozlash va uning tarixiga hurmat ko‘rsatish maqsadida Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

MOSKVA, 2 sentyabr. /“Dunyo” AA/