ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Fuqaro muhofazasi instituti tinglovchilari Yodgorlik majmuasida


23.11.2018

22-noyabr kuni Yodgorlik majmuasiga O‘zbekiston Respublikasi FVVning Fuqaro muhofazasi instituti tinglovchilari tashrif buyurib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur institut, fan va ta’lim sohasidagi xalqaro tajribalar, innovatsion texnologiyalar hamda davlat standartlari asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

  

Oliy o‘quv yurtida fuqaro muhofazasi, safarbarlikka tayyorgarlik, qutqaruv xizmati kabi bir nechta yo‘nalishda ta’lim tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, institutning asosiy vazifasi, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlashga qodir mutaxassislarni tayyorlash.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov aholi xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xizmatlarni har tomonlama rivojlantirishga ustuvor masala sifatida qaragan.

Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib o‘zaro tajriba almashish, ushbu xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar