ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Xotira uyg‘onsa go‘zaldir


03.07.2018

 

Благодаря инициативе Первого Президента я получил звание народного артиста, что является очень серьезной оценкой творчества для любого актера. Ислам Абдуганиевич поблагодарил меня, обнял и улыбнулся. Это ли не счастье?! То, что наш Президент делал для Узбекистана, не расскажешь в нескольких фразах, его труд неоценим. Конечно, любой гражданин страны хотел бы, чтобы Ислам Каримов был с нами вечно, но, у вы, мы не властны над временем, болезнью… Ислам Абдуганиевич любил классическую музыку, оказывал огромную поддержку и помощь в этой сфере, к примеру, построил музыкальные школы. На праздниках независимости вместе с Муяссар Раззаковой мы не раз пели песню «Одамлар, авайланг бир бирингизни» («Люди, берегите друг друга»). Президенту очень нравилась эта композиция, и он постоянно напоминал своему народу, что одна из главных ценностей – бережное отношение друг к другу.

Исмаил Джалилов

народный артист Узбекистана,

почетный профессор итальянской академии музыки «Конкордия-Рома»

 

***

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy madaniyatimiz va san’atimizning ulug‘ homiysi edi. U kishining tashabbusi bilan «Sharq taronalari» xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldi, o‘zbek mumtoz musiqa san’ati durdonalaridan jahon ahli bahramand bo‘ldi. Navro‘z va Mustaqillik bayramlarini katta konsertlar bilan nishonlash udumga kirdi. Bu konsertlar esa har bir san’atkor uchun o‘ziga xos ijodiy maktabga aylandi.

Nazarimda, Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatini maktab, akademik litsey va kollejlarda o‘qitish maqsadga muvofiqdir. Negaki, Islom Abdug‘aniyevich Vatanimiz tarixidagi ulug‘ zotlardan biridir.

Biz san’atkorlarning ko‘z o‘ngimizda u kishining istarali siymosi va mehribon nigohi hamisha saqlanib qoladi.

 

Munojot Yo‘lchiyeva

O‘zbekiston xalq artisti

 

***

 

 Ислам Абдуганиевич Каримов был великим политиком и очень умным человеком, мог видеть души людей. Он поддерживал таланты, не оставил ни одну отрасль без внимания. Это заслуживает восхищения.

Я всегда уважала Президента за смелость и стремления. Наш первый разговор состоялся в небе, во время полета. В 1994 году в Бишкеке мы принимали участие в концерте и возвращались на Родину в одном самолете с Исламом Абдуганиевичем. Тогда он поинтересовался, хочу ли я выехать за рубеж. Ответила, что есть желание петь в «Ла-Скала», а глава государства сказал: «Те, кто уезжает в «Ла-Скала», не возвращаются. Ты поешь не хуже итальянцев, пусть они у тебя учатся. Нужно созидать для республики. Поможешь нашему молодому независимому государству?» И я ответила: «Помогу». Тогда чувство любви к Родине во мне стало еще сильнее! Сейчас мы видим, какого уровня достигла наша страна, и оперное искусство процветает. Все это – результат неустанной работы Ислама Абдуганиевича Каримова, его умения объединить всех нас.

Муяссар Раззакова

народная артистка Узбекистана

 

 

 

*** 

 Menga Islom Abdug‘aniyevich bilan ko‘p marta uchpashish nasib etgan. Avvalo, Birinchi Prezidentimizning qo‘llaridan unvonlar olganman, qolaversa, ko‘plab davlat tadbirlari va chet el safarlapida bipga bo‘lganmiz. Hech esimdan chiqmaydi, Parijda konsertga hozirlik ko‘rib turgan paytimiz menga tez uchinchi qavatga borishim, u yerda prezidentlarga g‘ijjakda kuy chalib turishim kerakligini aytishdi. Ustimda Buxoro choponi bilan shosha-pisha lift yoniga keldim. Lift eshigi ochilib, Islom Abdug‘aniyevich Fransiya Prezidenti bilan chiqdilar. «Namyncha hovliqib turibsiz?» dedilar. «Sizlarga kuy chalishim kerak ekan» desam yelkamga qoqib qo‘ydilar-da, «Og‘rimadimi?» dedilar hazil ohangida. «Yo‘q, paxtadek yumshoq tegdi» desam kulib yubordilar va «Boraqoling», dedilar. Bir-necha qadam yurgach ortlariga o‘girilib, «Menga qarang, bugun ham kecha Odeon teatrida chalganingizdek chaling», dedilar. O‘shanda Yurtboshimizning bu daldasidan ruhlanib ajib ilhom bilan kuy chalganman.

Yana bir xotira. Nukusda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston rahbaplari Orol muammosi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Tushlik vaqtida kuy chalishimiz kerak edi. Bir guruh sozandalar davlat rahbarlari o‘toviga kirdik. Islom Abdug‘aniyevich «Qaysi kuyni chalasizlar?» deb so‘radilar mendan. «O‘zbek, tojik, qirg‘iz va qozoq kuylarini popurri kilganmiz», deb javob berdim. «Har doim o‘zbek kuyidan boshlang, xo‘pmi?» deb nimtabacsum qildilar. O‘sha go‘zal tabacsumlari hali-hali esimda. Kuy chalib bo‘lganimizdan keyin Qirg‘iziston Prezidentiga meni ko‘rsatib «Bu yigitni taniycizmi, icmi nima?» deb so‘radilar. U kishi «Taniyman-u, icmi esimda yo‘q», dedi. Shunda Islom Abdug‘aniyevich «Siz Akayevsiz, bu – Ukayev», deb hammani kuldirdilar. Birinchi Prezidentimiz ana shunday hozirjavob, zukko va kezi kelganda hazilga usta inson edi.

Abduhoshim Ismoilov

O‘zbekiston xalq artisti

 

***

 

 

Men rahmatli Yurtboshimiz Islom Karimov bilan uch marotaba uchrashish sharafiga muyassar bo‘lgan va u insonning samimiy suhbatlari nasib etgan dunyodagi eng baxtli insonlardan biriman.

Birinchi bor Yurtboshimizni 1998 yil «O‘zbekiston xalq artisti» unvonini olganimda ko‘rganman. O‘shanda Yurtboshimiz kutilmaganda so‘z Erkinboy Komilovga deb e’lon qildilar. Xayolimda yana boshqa «Erkin bor ekan-da», deb o‘tirsam xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov menga qarab, sekingina «Turing sizga so‘z berdilar, Erkinboy, dedilar». O‘rnimdan turdim. Yurtboshimiz «Keling, keling, Erkinboy» deya qo‘llarini ko‘tarib imladilar. «Hammasi tayyorlangan, yod olingan so‘zlar, qani bir o‘zingiz gapiring», dedilar. Buni endi ta’riflashga til ojiz, nazarimda og‘zim qurib qolgan, oyoqlarim, qo‘llarim o‘zimga bo‘ysunmas edi, mikrofon oldida qancha turdim bilmayman. Yo‘q, Ollohimga behisob shukr, madad berdi – gapirdim. So‘zimni tugatganimda avvalgi Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov qo‘llari bilan «zo‘r» deya ishora qildilar. Yurtboshimiz meni bag‘rilariga bosib tabrikladilar.

Xotira maydoni ochilishida ham esimdan chiqmaydigan voqea ro‘y bergan. Buni qarangki, Xotira maydonida birinchi safda turgan ekanman. Shunda uzun bo‘yli bir yigit kelib meni turtdi-da «orqaga o‘ting» deb ishora qildi. «Xo‘p, xo‘p» deya orqaga o‘tdim. Shu payt hamma jim bo‘lib qoldi. Yurtboshimiz asta kirib keldilar-da ko‘zlari menga tushib, kelib ko‘rishdilar. Keyin meni oldingi turgan joyimga olib chiqib, «Ishlar qalay, Erkinboy?» dedilar. «Yaxshi, Islom Abdug‘aniyevich» dedim, yelkamga qo‘llarini ko‘yib, «Barakalla!» dedilar. Buni ko‘rgan boya meni turtgan yigit «Turavering, turavering!» dedi.

Islom Abdug‘aniyevich «Mustaqillik – eng avvalo o‘zbek xalqining izzatini joyiga qo‘yishdir» degan edilar. Izzatimiz, hurmatimiz joyiga qo‘yilganini, sport deysizmi, fanmi, barcha sohalarda ko‘rib turibmiz. Masalan, O‘zbek milliy akademik drama teatrimiz shaxsan Yurtboshimiz tashabbusi bilan dunyodagi manaman degan davlatlarning san’at saroylari darajasida ta’mirlandi. Bu buyuk insonning sa’y-xarakatlari natijasi o‘laroq teatrimiz o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qoldi. Yana shuni chuqur hurmat bilan aytamanki, 2014 yilda Yurtboshimiz O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Bu bizga bir umrlik tuhfa bo‘ldi.

Men – mana shu jannatmonand yurtning kamtarin aktyori umrini go‘zal O‘zbekistonimiz osoyishtaligi va ravnaqi, uning ertangi yorqin kelajagi uchun baxsh etgan Yurtboshimizning yorqin xotirasi oldida bosh egib, ta’zim qilaman.

Erkin Komilov

O‘zbekiston xalq artisti

 

***

 

Следующая наша встреча состоялась в 2006 году: мне присвоили почетное звание «Народный артист Республики Узбекистан», награду вручал сам Президент. Выступая перед ним, я очень волновалась. Пожелала Исламу Абдуганиевичу крепкого здоровья и сказала: «Во время Вашего визита в Украину Вам задали вопрос о том, как Вы, Ислам Абдуганиевич, относитесь к украинцам Узбекистана. Вы гордо ответили: «Украинцы Узбекистана – это наши украинцы». Такие слова дорогого стоят. Моя мама, приехав погостить в Узбекистан, сказала: «Зина, никуды не идь з Узбекистану, з Ташкенту. Узбеки дуже хороши, дуже добри люды». И продолжила по-русски: «Здесь ты получишь все, к чему стремишься. Только работай самозабвенно, честно, люби эту землю и народ». Все это я произнесла на украинском языке. Ислам Абдуганиевич внимательно выслушал и сказал: «Ну-ка, повторите еще раз, что сказала ваша мудрая мама, только по-украински». Я повторила. Ислам Абдуганиевич улыбнулся: «Вот видите, как была права ваша мама». Осмелев, прочла главе государства стихи собственного сочинения: «Чудесный миг запечатлен, отражено величие момента. Свершилось: не мечта, не сон – уже «Народную» я получаю из рук Президента!» В тот же день мы были во дворце «Туркистон» на празднике, посвященном Дню Конституции. И снова выступление нашего Президента… Вспоминается еще один эпизод. В 2006 году на концерте по случаю Дня независимости я пела украинскую песню «Пидманула». Ислам Абдуганиевич внимательно слушал, а потом встал и так весело, задорно начал танцевать, что все были в восторге, а я – счастлива.

Мы гордимся Вами, Ислам Абдуганиевич! Вы наш «родний батько». Узбекская земля взрастила таких великих сыновей, как Беруни, Навои, Мирзо Улугбек, Амир Темур – и Вы. Я низко кланяюсь родителям нашего Первого Президента, узбекскому народу, чьим великим сыном является Ислам Абдуганиевич Каримов.

Зинаида Соловей

народная артистка Узбекистана, заслуженная артистка Украины

 ***

 

Manba: “Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli xotira kitobidan

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar