ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Udo Fyolker, “Do’stlik” ordeni sohibi, Germaniya-O’zbekiston ishbilarmonlar kengashi a'zosi, “CLAAS” kompaniyasi katta maslahatchisi


- O’zbekiston bilan bog’liq ko’p yillik faoliyatim davomida men Islom Karimov - o’z mamlakatining haqiqiy jonkuyari, oqil siyosatchi va yetuk davlat arbobi bilan shaxsan tanish edim.

Mustaqil O’zbekistonning asosini yaratgan shaxs sifatida, Islom Karimov o’z mamlakatini xalqaro hamjamiyatning nufuzli a'zosiga aylantirdi. U Germaniya bilan do’stona, ko’p tomonlama o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga o’zining ulkan hissasini qo’shdi.

O’zbekistonga oxirgi safarim chog’ida men o’z hayotini Vataniga xizmat qilishga bag’ishlagan o’zbek xalqining sodiq o’g’loni xotirasiga yana bir bor ehtirom bildirish uchun Samarqand shahriga bordim.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish, ko’plab muassasalar va milliy ahamiyatga ega bo’lgan ob'yektlarga uning nomini berish to’g’risidagi O’zbekiston hukumati qarorining qabul qilinishi xalq tomonidan mamlakatning Birinchi Prezidentiga ko’rsatilgan samimiy ehtirom va uning mustaqil davlat shakllanishiga qo’shgan bebaho ulushi e'tirofining munosib ifodasi sanaladi.