THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

YODI HAMISHA YODDA


12.05.2026

Yurtimizda keng miqyosda nishonlangan “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, undagi “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi hamda Birinchi Prezident nomi bilan ataluvchi kutubxona tashrif buyuruvchilar bilan g’oyat gavjum bo‘ldi.

Yurtdoshlarimiz – maktab o‘quvchilari, oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari talabalari, turli kasb-kordagi odamlar, ziyolilar, shuningdek, xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar – mustaqil davlat asoschisi bo‘lgan buyuk inson hayoti va faoliyatiga qiziqish bildirib, uning xotirasini yodga olishdi.

Uzoq yillar Birinchi Prezidentning shaxsiy fotografi bo‘lib faoliyat yuritgan inson, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Qurbonboev tomonidan tashkil etilgan – mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillarida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va front ortida mehnat qilgan hamyurtlarimizni xotirlash va qadrlash yo‘lida – Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan, o‘sha yillardagi tarixiy va ulug‘vor voqeliklar haqida guvohlik beruvchi suvratlardan iborat maxsus fotoko‘rgazma, tashrif buyuruvchilarda, ayniqsa, katta qiziqish uyg‘otdi.

T.Qurbonboev fotosuratlari