THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Tashqi siyosat. 2016 yil


5 mart. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyerni qabul qildi.

Mamlakatimiz idtisodiyotiga keyingi 15 yilda Germaniyaning 784 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va kreditlari jalb etilgan. «MAN» konserni bilan hamkorlikda Samarqandda zamonaviy zavod barpo etilgan. Shuningdek, «CLAAS» konserni bilan hamkorlikda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Germaniya hamkorligiga doir madaniy-gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirish, ta’limga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim masalalar muhokama qilindi.

14 aprel. Prezident Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari rahbarlari, shuningdek, ShHT Bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari hududida terrorizm, ekstremizm va separatizm ko‘rinishlari, shuningdek, boshqa tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish borasida muhim qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirishda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ham alohida o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining Toshkentda o‘tkazilgan o‘n birinchi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr bildirdi, samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdi.

14-15 aprel. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokarada savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib, 2015 yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan.

Uchrashuvda ijtimoiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan muzokarada o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

25-26 aprel. Prezident Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

25 aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlarning samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari, jahonning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari 26 aprel kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvida siyosiy, savdo-iqdisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy- gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Islom Karimov ushbu tashrif o‘zaro aloqalar rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini alohida ta’kidladi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afg‘oniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qapshi ko‘rashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta’lim, sport va turizm sohalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan ham fikrlashib olindi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida madaniy-gumanitar, tashqi siyosat, oliy ta’lim, jismoniy tarbiya va sport kabi qator sohalarda hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Ushbu muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va istiqbollari belgilab olindi.

18 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisovni qabul qildi.

O‘zbekiston Bolgariyani an’anaviy va ishonchli iqtisodiy hamkor deb biladi, o‘zbek va bolgar xalqlari uzoq yillik do‘stlik aloqalariga ega.

Uchrashuvda iktisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari – sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

20 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Anni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida neft-gaz sohasi, transport infratuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni birgalikda tayyorlash va amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar kimyo, ozik-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik sanoati va boshqa sohalarda yangi korxonalar tashkil etish, O‘zbekistonda davlat korxonalari va aktivlarini xususiylashtirish jarayonida Janubiy koreyalik investorlar ishtirokini kengaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

23 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi ta’kidlandi. 2015 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,1 milliard AQSh dollarini, O‘zbekistonga jalb etilgan Xitoy investitsiyasi hajmi 6,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Muloqotda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda Xitoyning ishtiroki va O‘zbekiston – Xitoy o‘zaro hamkorligiga doir boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

24 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamhkorlikning bugungi holati va istiqboli, xalqaro siyosatga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tomonlar 2015 - 2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga oid bitim doirasida raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

14 iyun. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, avvalo, o‘zaro manfaatga, jumladan, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga asoslangani ta’kidlandi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama etildi.

21-22 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq, Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy karorgohida XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Xitoyning davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokarada siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, savdo, sanoat, iqtisodiyot, energetika, fan-ta’lim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqaro tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-iktisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Ko‘ksaroy qarorgohidagi muzokaralar yakunida Islom Karimov va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo‘shma bayonotini imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari va idoralari o‘rtasida texnikaviy-iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo va neft-gaz sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, intellektual mulk huquqini muhofaza qilishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar o‘zaro ishonch va ishchanlik ruhida o‘tganini ta’kidladilar.

Kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdilar. Xitoy Raisi va O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zladilar.

Davlat rahbarlari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

22 iyun. Prezident Islom Karimov mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida bo‘lib, deputatlar va senatorlar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbarining mazkur uchrashuvda so‘zlagan nutqi 30 iyun kuni matbuotda e’lon qilindi.

22 iyun. Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqboli loyihasi ijrosi – Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari mazkur g‘oyat ulkan loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston uchun katta yutuq, muhim va unitilmas tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.

Qurilish davomida O‘zbekiston va Xitoy quruvchilari, muhandislari, mutaxassislari ahil hamkorlikda mehnat qilib, yuksak kasb mahoratini namoyon etdi. — Ushbu inshoot eng yuksak xalqaro normalarga javob beradi va jahon amaliyotida noyob loyihadir, - dedi Prezidentimiz.

Prezident Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l tizimida harakatlanadigan «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdining Qamchiq tunnelidan o‘tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosdilar.

Marosimda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin mazkur loyihaning amalga oshirilishi Xitoy va O‘zbekiston hamkorligining ulkan samarasi, xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stlikning yana bir yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.

23 iyun. Prezident Islom Karimov Ko‘ksaroy qarorgohida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Islom Karimov Vladimir Putin bilan muloqot chog‘ida ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi, mamlakatlarimiz strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lidan borayotganining yaqqol namoyoni ekanini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi barcha sohada izchil rivojlanib borayotgani, 2015 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,4 milliard AQSh dollaridan oshgani qayd etildi.     

Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan suhbatda uning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan hamkorlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov ShHT sammitiga taklifi uchun Islom Karimovga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Turkmaniston O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda o‘zbek va tojik xalqlarini azaliy do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalari, madaniyat va an’analar uyg‘unligi bog‘lab turishi ta’kidlandi.

Imomali Rahmon Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lganini ta’kidladi. Mazmunli uchrashuv uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Islom Karimov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan suhbatda ushbu uchrashuv oliy darajadagi siyosiy muloqotlarning mantiqiy davomi, erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz O‘zbekiston Hindistonning ShHTga a’zo davlat bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlashini, bu tashkilotning nufuzini yanada oshirishi hamda mintaqa xalqlari tinchligi va farovonligiga xizmat qilishini qayd etdi.

23 iyun. «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent sammiti ishtirokchilari uchun konsert dasturi namoyish qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti uchun bunday tadbirlarning o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Soat 18.00. Zalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Kirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Xusayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov kirib keladilar.

Yig‘ilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar.

Oliy martabali mehmonlar e’tiboriga o‘zbek xalqining milliy ashula va raqslari, shuningdek, jahon opera san’atining eng sara asarlaridan namunalar havola etildi.

Ijro etilgan har bir kuy-qo‘shiqda insonga mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom yuksak pardalarda tarannum etildi. Konsert nihoyasida «Jon O‘zbekiston» kompozitsiyasi yangradi.

23-24 iyun. Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tdi.

ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi ko‘rashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilmoqda.

Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010 yillarda raislik qilgan.

Davlat rahbarlari ShHTning 15 yillik faoliyati asosiy natijalarini ko‘rib chiqdilar. Tashkilot nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egallagani alohida ta’kidlandi.

Majlisda xalqaro terrorizm, ekstremizm va uning boshqa ko‘rinishlari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek xavf solayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu tahdidlarga faqat hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirish orqali qarshi kurashish mumkinligi qayd etildi.

ShHT Xartiyasi qoidalari va boshqa hujjatlariga muvofiq terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar bilan noqonuniy savdo, ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazib berish vositalari tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni – Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangani Toshkent sammitining muhim voqealaridan bo‘ldi.

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolanishini ma’qulladilar.

Muzokaralar yakunida ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016–2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasliqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis o‘zaro ishonch va hurmat ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar ShHTga a’zo va ko‘zatuvchi davlatlar manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbarining mazkur uchrashuvda so‘zlagan ma’ruzasi 28 iyun kuni matbuotda e’lon qilindi.

24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari uchun uyushtirilgan brifingda nutq so‘zladi.

Yurtboshimizning mazkur brifingda so‘zlagan ma’ruzasi 1 iyul kuni matbuotda e’lon qilindi.

24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ko‘ksaroyda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Islom Karimov Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda uning yurtimizga ilk tashrifi mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘zbekiston hamisha «Qo‘shning tinch – sen tinch», degan hikmatga amal qilib, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, uning iqtisodiyotni tiklash tarafdori bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimiz Afg‘onistonga elektr energiyasi. meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral ug‘itlar eksport qilib keladi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz Islom Karimov bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston mintaqada tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqda. O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li bunga yaqqol misoldir. Ushbu zamonaviy transport yo‘lagi mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Almazbek Atamboyev samimiy uchrashuv uchun davlatimiz rahbari Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti o‘rnak oladigan darajada yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini qayd etdi.

Islom Karimov Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan muloqotda uning yurtimizga ilk tashrifini mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida muhim voqea, deb bilishini ta’kidladi.

Pokiston O‘zbekistonga yaqin qo‘shni, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlat. Mamlakatlarimiz hamkorligi mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida qabul qilinishini qo‘llab- quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada Xarakat dasturini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Sammit doirasida ShHTda a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi uning amaliy natijasi bo‘ldi.

Mamnun Husayn o‘zbekona mehmondo‘stlik va mazmunli suhbat uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Pokiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj bilan uchrashuvda uning mamlakatimizga tashrifi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga keng yo‘l ochishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonda hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘p. Turli sohalarni o‘rganish, foydalanilmayotgan resurslarni ishga solish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladi.

Mo‘g‘uliston Prezidenti samimiy uchrashuv uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini qayd etdi. Mo‘g‘uliston mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin atoqli rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin haykali qad rostlagan maydonga tashrif buyurdilar.

Ikki davlat rahbarlari Pushkin haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti O‘zbekistonda jahon adabiyotining buyuk namoyandalari qatori Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodi, adabiy merosi yuksak qadrlanishi, shoir xotirasiga bunyod etilgan yodgorlik xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik munosabatlarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi g‘oyat samarali bo‘lganini alohida ta’kidlab, samarali muzokaralar uchun Prezidentimiz Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida tashkilot faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha mamlakatimiz amalga oshirgan ishlarga yuksak baho berdi. Ishchanlik ruhida o‘tgan Toshkent sammiti ShHT davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kuzatib qo‘ydi.

29 iyun. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Polsha Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Petr Ivashkevich, Vengriya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Peter Santo, Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yerik Utembayev, Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Sodiq Imomiy, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kvon Yon U va Afg‘onistan Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Sayid Shahobiddin Temuriy ishonch yorliqlarini topshirdi.

15 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) prezidenti Ching-Kuo Vuni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda havaskor boksni rivojlantirish, mamlakatimizning AIBA bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentiga sport va olimpiya harakatini rivojlantirish hamda ommalashtirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun, shuningdek, boksni xalqaro va milliy darajada rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnati e’tirofi sifatida AIVAning yuksak mukofoti – «Xizmatlari uchun» ordeni topshirildi.

17 avgust. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Xon Yun Sukni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi va bu munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishini qayd etdi.

Xon Yun Suk samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Koreya O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.