THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Davlat va jamiyat. 2014 yil


2 yanvar. Prezident Islom Karimov «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini tasdiqladi.

10 yanvar. Prezident Islom Karimov «Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

13 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi.

20 yanvar. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunni tasdikladi.

24 fevral. Prezident Islom Karimov 2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

19 mart. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda Prezident Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekiston xalqini qutlug‘ ayyom — Navro‘zi olam bilan tabriklab, nutq so‘zladi.

16 aprel. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunni tasdiqladi.

16 aprel. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98. 103. va 117-moddalariga)» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul kilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqladi.

18 aprel. Prezident Islom Karimov ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

22 aprel. Prezident Islom Karimov «Sudyalarning malaka xay’atlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

5 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.

Yaponiya O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. 2013 yil yakuniga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 215,2 million AQSh dollaridan oshgan. Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan moliya vositalarining umumiy hajmi 2,32 milliard dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda energetika, kon sanoati, neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, avtomobilsozlik va kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

5 may. Prezident Islom Karimov «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bugun barcha vatandoshlarimiz, butun halqimiz Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan ulug‘ ayyomni, fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 69 yilligini keng nishonlamoqda, — dedi Islom Karimov. — Shu kunlarda barchamiz o‘z insoniy burchimizni ado etib, bugungi tinchlik hayotimiz uchun, musaffo osmonimiz uchun jang maydonlarida jon berib urushdan qaytmaganlarni eslaymiz, ularning arvohlarini shod etib, o‘chmas xotirasi oldida bosh egamiz.

– Bugun oramizda cog‘-salomat hayot kechirayotgan, barchamiz uchun aziz va muhtaram bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, urushda qatnashgan mardlarga, shu bilan birga, front ortida mehnat qilib, Falaba kunini yaqinlashtirishga munosib hissa ko‘shgan yurtdoshlarimizga chin qalbimdan hurmatimni bildiraman va ularga o‘z nomimdan, butun halqimiz nomidan bardamlik, uzoq umr, baxtli hayot tilayman, - dedi Davlatimiz rahbari. - Bizning halqimizga tinchlik va omonlik kerak. Ko‘pni ko‘rgan halqimiz yaxshi biladi, faqat tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot qurish mumkin, ezgu niyatlarga, orzu-maqsadlarga yetish mumkin.

14 may. Prezident Islom Karimov «Xuquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

14 may. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

1 iyul. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

22 iyul. Prezident Islom Karimov «Toshkent davlat stomatologiya institutni tashkil etish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

22 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

22 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

25 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iktisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risi» gi farmonga imzo chekdi.

25 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risi» gi farmonga imzo chekdi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatda bugungi kunda mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, oldimizda turgan muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yopyg‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov poy- taxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

4 sentabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini tasdiqladi.

13 oktabr. Prezident Islom Karimov 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

23 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

5 noyabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

6 noyabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan kompaniya jamoasiga tabrik yo‘lladi.

28 noyabr. Prezident Islom Karimovnin 2014 yil 22 avgustdagi farmoniga muvofiq, Termiz shahri Amir Temur ordeni bilan mukofotlangan edi. Termiz shahrida ushbu yuksak mukofotni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

28 noyabr. Prezident Islom Karimov O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan teatr jamoasiga tabrik yo‘lladi.

3 dekabr. Prezident Islom Karimov «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunni tasdiqladi.

5 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

– Avvalambor, siz, azizlar bilan bugun mana shunday yaxshi kayfiyatda shu muhtasham zalda ko‘rishganimdan, sizlarga o‘zimning yuksak hurmat -ehtiromimni izhor etishdan xursandman, - dedi Islom Karimov. - sizlarga ma’lumki, odatga aylanib qolgan ananaga ko‘ra, har yili Konstitutsiya kuni arafasida Vatanimizning yuksak unvon, orden medallariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, ularni shu buyuk sana bilan tabriklash, ana shu mukofotlarni toppshrishni o‘zim uchun haqiqatan ham katta sharaf deb bilaman.

So‘ngra Prezidentimiz Islom Karimov davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun sizlarning har biringiz uchun, haqiqatan ham, unitilmas kun, qutlug‘ ayyom, – dedi Islom Karimov. - Vatanimizning sizlarga berilgan nufuzli mukofotlari xalqimiz, davlatimizning barchangizga bildirgan yuksak ishonchidan, olijanob mehnatingiz munosib qadr topganidan dalolat beradi.

5 dekabr. «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Prezident Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi va kirib kelayotgan yangi – 2015 yilga mamlakatimizda «Keksalarni e’zozlash yili» deb nom berishni taklif etdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tantanadagi ma’ruzasi «Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

11 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunnini tasdiqladi.

21 dekabr. Prezident Islom Karimov ovoz berish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 644-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi va o‘ziga munosib nomzodga ovoz berdi.

26 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

31 dekabr. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi e’lon qilindi.