THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Ijtimoiy hayot. 2016 yil


4 yanvar. Prezident Islom Karimov «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

11 fevral. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Jamg‘arma tashkil etilganidan buyon, xususan, 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi Bu borada mamlakatimizda erishilayotgan natijalar aniq misollar asosida ko‘rsatib o‘tildi.

Ayniqsa, farzandlarimiz biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan badiiy gimnastika, suzish, sinxron suzish, tennis, taekvondo, dzyudo, vaterpol, eshkak eshish kabi sport turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanayotgani, jahon va qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori shohsupalarga ko‘tarilayotgani har qanday odamni ham hayratda qoldiradi, - dedi Prezidentimiz.

O‘zingiz ayting, eski tuzum davrida jahon miqyosida o‘tadigan bironta musobaqada «o‘zbek», «O‘zbekiston» degan nomlar bugungidek jaranglab, millionlab insonlar qalbida aks sado berganini birov eshitganmi, Vatanimiz bayrog‘i shunchalar baland ko‘tarilganini ilgari birov ko‘rganmi, deb alohida ta’kidladi Yurtboshimiz.

Prezidentimiz sport jihozlari va kiyimlari ishlab chiqarishda ularning sifatli, qulay, xalqaro standartlarga mos bo‘lishi zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

– Sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, bu boradagi mavjud moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatini jahon standartlari asosida yanada mustahkamlash, eng muhimi, sportga mehr har bir bola, har qaysi oila hayotiga chuqur kirib borishiga erishish eng muhim, doimiy vazifamiz bo‘lib qoladi, - dedi so‘zining yakunida Prezidentimiz.

26 may. Prezident Islom Karimov mamlakat talaba yoshlarining «Universiada – 2016» sport o‘yinlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

26 may. Prezident Islom Karimov ?016/ 2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

1 iyun. Prezident Islom Karimov «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

1 iyul. Prezident Islom Karimov «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

22 avgust. Prezident Islom Karimov «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.