THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Iqtisodiyot. 1990 yil


25 yanvar. O‘zbekiston Ministrlar Sovetining 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning 1989 yilgi davlat plani hamda respublika davlat byudjetining bajarilish yakunlari ko‘rib chiqildi, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning dolzarb ma- salalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov ma’ruza qildi.

18 aprel. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov SSSR Prezidenti M. Gorbachev raisligida o‘tgan SSSR Federatsiya Kengashi bilan Prezidentlik kengashining qo‘shma majlisida mamlakat iqtisodiyotini boshqarib turiladigan bozor xo‘jaligiga o‘tkazish imkoniyatlari va yo‘llari muhokamasida so‘zga chiqdi.

11 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimovning «Respublika aholisi shaxsiy xo‘jaligidagi mollar va parrandalarni yem-xashak bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotini ko‘paytirish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

15 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublikadagi yosh iqtisodchi olimlar bilan uchrashdi. Suhbat respublikaning bo‘lajak iqdisodiy mustaqilligi masalalariga, bozor munosabatlariga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish muammolariga bag‘ishlandi.

11 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzurida xomashyo va yengil sanoat mahsulotlari ta’minoti hamda ularni sotish bosh boshqarmasi — «Uzglavlegsnabsbыt»ni tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

16 iyun. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida respublikaning iqtisodiy mustaqillikka va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi masalalariga bag‘ishlangan kengash bo‘ldi. Kengashda O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov nutq so‘zladi.

25 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ministrligini O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish respublika davlat-kooperativ markazi («Uzbыtsentr»)ga aylantirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

28 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Toshkentdagi «Krasnovostochnoye» tramvay-trolleybus kompleksi jamoasi bilan uchrashdi.

6 oktabr. O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi Rayosati majlisida 1990 yilgi meva va sabzavot mahsulotlarini yig‘ishtirib olish, xarid qilish, yetkazib berish va saqlash bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

13 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Moliya, Ijtimoiy ta’minot, Adliya, Savdo, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat rejalash komiteti, Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar komiteti, Davlat narx komiteti, Davlat hisob komiteti, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston maishiy xizmat ko‘rsatish markazi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashi, O‘zbekiston davlat banki, O‘zbekiston davlat sanoat-qurilish banki, O‘zbekiston dehqonchilik sanoat banki va boshqa idoralar rahbarlari va mutaxassislari, respublikaning yetakchi iqtisodchi olimlari ishtirokida kengash o‘tkazdi.

7 dekabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi XXII syezdida respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishga tayyorgarlik borasidagi vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

8 dekabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR dehqonchilik sanoat kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston SSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasini O‘zbekiston SSR iqtisodiyot qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi farmonlarga imzo chekdi.

29 dekabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov raisligida Vazirlar Mahkamasining vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat ijroiya qo‘mitalarining, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining raislari ishtirokidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 1990 yilni yakunlash hamda 1991 yilning birinchi choragida respublika xalq xo‘jaligi barqaror ishlashini ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.