Islom Karimov muzeyiga yurtimizning eng chekka burchagi - Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidan tashrif buyurdim. Muzeyga tashrif buyurish menda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Men yana bir bor amin boʼldim-ki, oʼzbek elining sevimli, sadoqatli va buyuk oʼgʼloni jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz: Аmir Temur, Аlisher Navoiy, Аl Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʼbek va Zaxiriddin Muxammad Boburlar kabi xalq xotirasida abadiy qoladi.
Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar xaqidagi ekskursovodning batafsil hikoyasi meni yaqin tariximizga qaytardi va koʼz oldimda yana bir bor oʼz Vatanining duosidagi va oʼzga yurtlardagi millionlab vatandoshlari tomonidan sevib-sevilib kelayotgan bir inson gavdalandi.
Birinchi Prezidentimiz xalq farovonligi haqidagi fikrlari bilan yurgan bogʼdagi yoʼllardan yurish menga alohida faxr-iftixor tuygʼusini baxsh etdi.
Muxtaram Tatyana Аkbarovna, Islom Karimov haqidagi xotiralaridan birida turmush oʼrtogʼingizning sevimli adabiy xarakteri M.Gorkiyning “Izergil kampir” hikoyasidagi bosh qahramon Danko boʼlgani haqida yozgan edingiz, Birinchi Prezidentimiz ham hikoya qahramoni singari, butun umrini xalq xizmatiga bagʼishlagan va butun borligʼi bilan Ona xalqiga xizmat qildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevdan Birinchi Prezidentimizning xotirasiga ehtiromi uchun cheksiz minnatdorman.
1986 yilda Pedagogika institutining rus tili va adabiyot fakulьtetining bitiruvchilari 35 yildan soʼng, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida kursdoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Biz “Sogʼlom avlod uchun” fondi hamda Karimova Tatyana Аkbarovnaga mazkur uchrashuvni uyushtirganligi va esdalik sovgʼalari uchun chuqur minnatdormiz.
Shaykulov Kurbanmurad Chariyarkulovich 03.25.2021 yil