THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

PROFILAKTIKA TADBIRLARI


23.11.2023

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasida soha mutaxassislari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Istish mavsumining boshlanishi munosabati bilan, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq respublika IIV Yong‘in xavqsizligi Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan joylarda, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda Majmua xududida joylashgan muzey (Oqsaroy qarorgohi), ko‘rgazma zali, kutubxona zamonaviy va ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan to‘liq jixozlangan.
Bu binolarda Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyati, o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid bebaxo eksponatlar, arxiv materiallari mavjud.
Bunday benazir moddiy va ma’naviy boylikni asrab avaylash dolzarb ahamiyatga molik masala sanaladi.
Majmua xodimlari bilan muloqot davomida soxa mutaxassislari tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish chora tadbirlari to‘g‘risida to‘liq axborot berildi. Ushbu mavzuda tayyorlangan qisqa va ta’sirchan vidofilm ham namoyish etildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, Ilmiy-ma’rifiy majmuada binolardagi avtomatlashtirilgan elektr moslamalar, yong‘inni bartarf qilish uskunalaridan foydalanish qoidalari bo‘yicha xodimlar bilan doimiy ravishda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Mazkur ishlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida yig‘ilish qatnashchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari jamlangan yangi qo‘llanma tarqatildi.