THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir”


15.01.2019

14-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari, 560 nafardan ziyod talaba-yoshlar, «Harbiy kafedra» ofitser va kursantlari ishtirok etdilar.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda vatanparvar, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotgani, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi tarixi, armiyaning yoshlarni o‘z Vataniga sodiq farzand qilib tarbiyalashdagi o‘rni, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zining sharafli, olijanob va mas’uliyatli burchini - Vatanni himoya qilishdek buyuk vazifani munosib ado etayotgan universitet harbiy xizmatchilariga va kursantlariga hamda ularning ota-onalariga minnatdorlik bildirilib, hokimiyat tomonidan bir qator harbiy xizmatchilar va professor-o‘qituvchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Ilmiy tadqiqot va ta’lim markazi mudiri Vahob Qo‘chqorov, mamlakatimizda tinchlik va osoyishta hayotni ta’minlashda milliy armiyaning o‘rni xususida so‘z yuritdi. Xususan, milliy armiya va Mudofaa vazirligi tuzilishida va nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tarixiy o‘rni va roli katta ekanligi alohida ta’kidlandi.

Ofitserlar, harbiy kafedra xodimlari, nafaqadagi ofitserlar hamda o‘zining namunali xulqi, tartibi va odobi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan harbiy kafedra kursantlari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.