THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida Birinchi Prezidentning siymosi aks ettirilgan xotira barelefi o‘rnatildi


30.08.2018

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan qarori asosida 2017 yilda Toshkent Davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berildi.

  

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, fan nomzodi va doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlagan Islom Abdug‘aniyevich Karimov bir qator xorijiy universitetlarning faxriy doktori, professori unvonlariga ega bo‘lgan. Fan va ta’lim rivoji bilan bog‘liq masalalar Birinchi Prezidentning hamisha e’tiborida bo‘lib kelgan.

Xotira barelefi, o‘z hayotini davlat va jamiyat qurilishiga, betakror Vatanimizning taraqqiyotiga, xalqimizning farovonligiga bag‘ishlagan insonning xotirasiga hurmat va e’tirof namunasidir. Shu bilan birga, Birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarning mustaqil davlatimiz tarixida tutgan o‘rni va roliga nisbatan yoshlarning qiziqishini uyg‘otishda bu kabi xotira tadbirlarining ahamiyati beqiyosdir.

 

Barelef muallifi yosh, iste’dodli haykaltarosh, «E’tirof» respublika ko‘rik tanlovi sovrindori, O‘zbekiston rassomlar ijodiy uyushmasi a’zosi Jasvantbek Annazarov.

Tantanali marosimda Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Universitet kutubxonasiga Tatyana Akbarovna tomonidan «Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi hamda «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasining katalogi sovg‘a qilindi.