THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Hurmatli Tatyana Akbarovna!


26.08.2018

Sizni qutlug‘ sana – tavallud topgan kuningiz bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bu kun ko‘pchilik hamyurtlarimiz qatori bizlar uchun ham qadrlidir.

 

Uzoq yillar davomida, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevichning yonida turib, uning faqat va faqat Sizga bag‘ishlanishi mumkin bo‘lgan mehru-muhabbati, sadoqati, eng muhimi, qimmatli vaqtlarini xalq bilan baham ko‘rib keldingiz.

Siz iffatli, latofatli, nihoyatda kamtarin ayolsiz.

Siz matonatli, bag‘ri keng, oqila ayolsiz.

Birinchi Prezidentning rafiqasiga xos barcha xislatlarga ega bo‘la turib, Siz o‘z xalqining oddiy, samimiy farzandi – qizi bo‘lib qolgansiz.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining ma’naviy merosini asrab-avaylash, uning xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish yo‘lidagi amallaringiz ibratga loyiq.

Aziz va muhtarama Tatyana Akbarovna, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik, Sizga va yaqinlaringizga baxt, sihat-salomatlik, uzoq umr tilab qolamiz.