THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Shokirxon Ahrorov Toshkent shahridan Samarqand shahrigacha bo‘lgan 300 kilometrlik masofani yugurib bosib o‘tdi


01.02.2018

Toyloq tumanidagi Payshanba Siyob mahallasida yashovchi Shokirxon Ahrorov mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab Toshkent shahridan Samarqand shahrigacha bo‘lgan 300 kilometrlik masofani yugurib bosib o‘tdi.

Ulug‘ Yo‘lboshchimizning poytaxtdagi haykali oldidan start olgan 50 yoshli marafonchi kecha Samarqand shahridagi Registon maydonida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari, sport faxriylari, mahalladoshlar hamda yoshlar tomonidan kutib olindi.

– Ushbu masofani besh kun davomida zabt etishga muvaffaq bo‘ldim, - deydi Sh.Ahrorov. – Navro‘z bayrami arafasida Registondan Qarshi shahrigacha yugurib o‘tishni, keyinchalik velosipedda Fransiyaning Parij shahriga yo‘l olishni rejalashtiryapman.

Tashabbuskor marafonchiga jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun Samarqand viloyati hokimligining faxriy yorlig‘i topshirildi.