THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

SАNАLАRGА MUHRLАNGАN TАRIX


27.05.2021

1993 yil.

8 iyun Oʼzbekiston rahbari Islom Karimov Niderlandlar Qirolligi Bosh vaziri janob Rudolьf Lyubbersning taklifiga binoan Niderlandlar Qirolligiga rasmiy safarga joʼnab ketdi.

8 iyun Oʼzbekiston rahbari Islom Karimovning Niderlandlar Qirolligiga safari amaliy uchrashuvlarga boy boʼldi. Shu kuni davlatlar oʼrtasidagi aloqalarning istiqbolli yoʼnalishlari muhokama etildi. Iqtisodiyot, savdo, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

9 iyun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni Niderlandiya qirolichasi Beatriks qabul qildi. Shu kuni davlatitmiz rahbari Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Piter Kooymans, transport va suv xoʼjaligi va baliq ovlash sohalari vazirlari bilan suhbatlashdi.

11 iyun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Niderlandlar Qirolligiga rasmiy safaridan Toshkentga qaytib keldi.

14 iyun Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov Xorazm vohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishdi. Yangibozor, Gurlan, Shovot, Qoʼshkoʼpir, Urganch tumanlarida boʼlib, gʼalla oʼrim-yigʼimining borishi, gʼoʼza parvarishi, paxta yigʼim-terimiga tayyorgarlik masalalari xususida mehnatkashlar bilan suhbatlashdi.

14 iyun. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sifatini yaxshilash tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorga imzo chekdi.

15 iyun. Oʼzbekiston Prezidenti Islom Karimov Qashqadaryo viloyatida boʼlib, shahar va tuman hokimlari, viloyat idora va tashkilotlar rahbarlari bilan usrashdi. Shu kuni Yurtboshimiz viloyat faolllari yigʼilishida maʼruza qildi.

22 iyun. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovga Norvegiya Qirolligining Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Dagfinn Stenset ishonch yorligʼini topshirdi.

23 iyun. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “Oʼzbekiston Respublikasida yodgorliklar va haykallarni loyihalashtirish hamda qurishni tartibga solish toʼgʼrisida”gi qarorga imzo chekdi.

24 iyun. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq 27 iyunь Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb belgilandi.

27 iyun. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan mamlakat matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yoʼlladi.

28 iyun. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining ikki yilligiga tayyorgarlik koʼrish va uni bayram qilish toʼgʼrisida”gi qarorga imzo chekdi.

29 iyun. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “1993 yilning 1 iyulidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʼgʼrisida”gi qarorga imzo chekdi.

29 iyun. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “Sharqning ulugʼ sarkardasi, shavkatli bobokalonimiz, Sohibqiron Аmir Temur haykalini yaratish toʼgʼrisida”gi qarorga imzo chekdi.