THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

QONUN USTUVORLIGI – JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI


16.09.2025

Demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim shartlardan biri sanaladi. Islom Karimovning davlat boshqaruvi davrida qabul qilingan asosiy qarorlar, ushbu xayotiy xaqiqatga so‘zsiz amal qilishga yo‘naltirilgan edi.
Birinchi Prezidentning ilmiy-nazariy me’rosi ayni paytda ham O‘zbekistonning olimu fuzalolari, shu jumladan qonunchilik va xuquq-tartibot himoyasida turgan soxa mutaxassislarining e’tiborida.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatning mustahkam xuquqiy poydevorini shakllantirishga qaratilgan sa’y-xarakatlar bugun yangicha mazmun, yangicha rivojlanish bilan tubdan takomiliga yetkazilmoqda. Xususan, yuridik soxada faoliyat yuritayotganlarning kasbiy maxoratiga e’tibor ham, talab ham yuqori darajaga ko‘tarilgan.
Yodgorlik majmuasiga O‘zbekiston Respublikasi adliya Vazirligi qoshidagi yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti tinglovchilari tashrif buyurdilar. Mehmonlar Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazmani chuqur qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar.
Ularning ta’kidlashicha, davlat va xuquqning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishining qonuniy asoslarini o‘rganmay turib, xuquqshunoslikni fan sifatida to‘laqonli egallab bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida Yodgorlik majmuasining faoliyati alohida e’tiborga loyiqdir.
Shuningdek mehmonlar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qabul qilgan Qarori va unga asosan olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, tarixiy merosni saqlab qolishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

Temur Qurbanbayev fotosuratlari