Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan tanishuvga kelgan navbatdagi mehmonlar – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, mazkur markazning faoliyat yo‘nalishi – butun Respublika bo‘ylab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va uning dasturiy ta’minoti, axborot xavfsizligi, kompyuter grafikasi va dizayn, telekommunikatsiyalar, kompyuter texnologiyalari va injiniringi kabi sohalarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iborat.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Mehmonlar dastlab majmuadagi “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazmalar zalida Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga oid turli san’at asarlari – kartinalar, portretlar, fotolar va haykaltaroshlik namunalari bilan tanishib, mustaqil davlatimiz asoschisining istiqlol yo‘lidagi zahmatlari haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng Islom Karimov nomidagi kutubxona bo‘ylab tanishuvda Birinchi Prezidentning shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan, jahon miqyosidagi tarixiy shaxslar dastxatlari bitilgan noyob asarlar, kutubxona fondi 50 mingdan ortiq kitob va 30 mingdan ortiq jurnallardan tashkil topgan, to‘liq matnli elektron kitoblar soni esa 3 mingdan oshgan ziyo maskani ham mehmonlarda katta taasurot qoldirdi. Ularga Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Umrini millat ozodligi yo‘liga tikkan yo‘lboshchini – el-ulus hech vaqt unutmaydi.
F.Qurbonboyev fotosuratlari







